Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 May, 2009

«Yig’lamagin» — bu yig’latadigan film! (taqdimotdan)

Yiglamagin filmiKino biznesda o’z o’rni va mavqe’iga ega rejissor Rustam Sa’diev yaratgan filmlar har doim mazmun va mohiyati bilan boshqa rejissorlarning ijod namunalaridan farq qilib turadi. O’tayotgan haftada Rustam Sa’diev yangi «Yig’lamagin» kartinasining namoyishini boshladi. Demak, prem’era tafsilotlari va eng sara fotosuratlar bilan hoziroq tanishishingiz mumkin…

Keling, avvalo film ijodkorlari bilan tanishtirib o’tsak:

Postanovkachi rejissor: Rustam Sa’diev.
Rejissor assistenti: Dilmurod Agzamov.
Postanovkachi operator: Abduvohid G’aniev.
Bastakor: Doniyor Agzamov.
Liboslar bo’yicha rassom: Dildora Qosimova (kartinada ham kichik bir obrazda ko’rishimiz mumkin).
Badiiy rahbar: Shuhrat Abbosov.
Bosh rollarda: Bunyod Rahmatullaev, Nigina Salimova, Shoira G’iyosova, Diyas Rahmatov, Miravzal Shofayziev, Shafoat Rahmatova va boshqalar rol ijro etishgan.
Yangi tashkil qilingan professional audio va video studiyasi «Maxi studio»da filmni ovozlashtirish va maxsus musiqalar yaratildi.

Film boshqa yaratilayotgan filmlardan tubdan farq qiladi. Rejissor filmda kulguni ham, qayg’uni ham o’z o’rnida ishlata olgan. Kartina hayotiyligi bilan ajralib turadi. Kartina prem’erasiga Bahrom Yoqubov, Said Muxtorov, Yoqutjon Rajapov, radioboshlovchi Dj Rustambek, Alisher Uzoqov, Diana Yagofarova va boshqalar tashrif buyurishdi. Prem’erani xalqimizning sevimli aktyori Lutfulla Sa’dullaev olib bordi. Film prem’erasidan avval filmda bosh qahramon obrazlaridan birini ijro qilgan aktrisa Shoira G’iyosova film ijodkorlarini shirinliklar bilan siylashga ham ulgurdi.

Hozirda «Yig’lamagin» kartinasi Alisher Navoiy kinosaroyida, «Guncha» kinoteatri hamda Kinochilar uyida namoyish qilinmoqda.

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi

Yiglamagin filmi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 81 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *