Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Yangi film: «Payshanbadan payshanbagacha»!!!
12 Mart, 2013

Yangi film: «Payshanbadan payshanbagacha»!!!

Payshanbadan payshanbagachaEng tezkor rejissorlar juftligi Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaholovlarning navbatdagi kinokomediyasi katta ekranlarni ko’rish arafasida. «Payshanbadan paysanbagacha» nomli kinokomediyaning prem’erasiga oz qoldi. Ajoyib aktyorlar ansamblidan tashkil topgan yangi film haqida bir qator ma’lumotlarni taqdim etamiz.

«Payshanbadan payshanbagacha». Mazkur filmni yana biroz boshqacharoq nomlashimiz ham mumkin: «O’zbekcha Jumanji». «Jumanji» filmini ko’rmagan odam kam bo’lsa kerak, balki umuman topilmas. Xullas, Javlon va Otabekning navbatdagi filmini «Jumanji»ga nima aloqasi bor, deyishingiz mumkin. Buni filmni tomosha qilgach bilib olasiz. Film ijodkorlari ushbu filmni tinmay kulib tomosha qilishingizni ma’lum qilmoqdalar. Zarina Nizomiddinova, Shukrullo Isroilov, Muhammadiso Abdulhayirov, Tolib Mo’minov, Jumadilla Rametov, Saida Rametova kabi bir qator taniqli aktyorlar jamoasidan tashkil topgan «Payshanbadan payshanbagacha» kinokomediyasi 15 mart kuni prem’era qilinadi. Shunday ekan, prem’eradan so’ng payshanbadan payshanbagacha kinoteatrga tashrif buyurib, «Payshanbadan payshanbagacha» filmini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Quyida filmdan olingan bir qator fotosuratlar e’tiboringizga havola qilinmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 833 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *