Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Dek, 2010

Yangi film — «Madina»!

MadinaO’zbek kino olamida rejissor-operator Talat Mansurovdan yangi kino. Kino nomi “Madina”. Filmda rollarni Shahzoda Matchonova, Otabek Mutalxo’jaev, Dilorom Egamberdieva, Otabek Musaev hamda Nigora Karimboevalar ijro etishgan. Dramatik tarzda suratga olingan film ko’p tomonlama insonlarga o’rnak bo’la oladi.

Filmda oila, er-xotin, ota va qiz o’rtasidagi munosabatlarning salbiy hamda ijobiy tomonlari judayam aniq qilib yoritilgan. Qolaversa, sevgi-muhabbat ham bundan mustasno emas. Hozirgi kunda busiz hayotni tasavvur qilish ham qiyin aslida. Hayot sevgi bilan go’zal. Biz bosh qahramon Shahzoda Matchonova bilan u ijro etgan roli haqida so’raganimizda: “Men ijro etgan qahramonim g’ururli, o’ziga ishongan qizlardan bo’lib, u har tomonlama ijobiy tomondan muxlislar qalbidan o’rin egallaydi”, dedi. Ko’ramiz, navbatdagi o’zbek filmi muxlislarga qanaqa taassurot qoldirar ekan? Film haqida yanada batafsil ma’lumotlarni faqat SB.UZdan kuting!

Madina

Madina

Madina


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 192 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *