Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
10 Yan, 2008

«Yangi boy» filmining prem’erasidan…

Bir necha soatlar ilgari «Yangi boy» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi. Unda ko’pgina aktyor va aktrisalar, rejissorlar, xonandalar va ko’pgina taklif etilgan mehmonlar tashrif buyurishdi. Lekin prem’era boshqa filmlar prem’eralaridan tubdan farqi qildi desak aslo adashmaymiz… 

Prem’era oldidan odatdagidek «Yangi boy» filmining rejissori Sohib Abbosxon barcha mehmonlarni eshikdan kutib oldi. Soat millari 19:00ga yaqinlashar ekan tobora zalga yig’ilgan insonlarning qalbida bir oz bo’lsada hayajon bosardi. Ushbu yangi kartina boshqa kartinalar kabi qiziqarli ekanmi?, degan savol barchani qiynardi. Va nihoyat sahnaga ajoyib rejissor va aktrisa Zebo Navro’zova va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Uchqun Tillaev chiqib kelishdi. Prem’era oldidan ular tomoshabinlar o’rtasida viktorina o’yinini ham o’tkazishdi. G’olib bo’lganlarga esa, «Sovplastital» kompaniyasining esdalik sovg’alari topshirildi. Shundan keyin sahnaga «Yangi boy» filmining rejissori boshchilgida barcha ijodiy guruh taklif etildi. O’z o’rnida rejissor Sohib Abbosxon barcha ijodiy guruh a’zolarini birma-bir tomoshabinlarga tanishtirib chiqdi. So’ngra esa, kinofilm namoyishi boshlandi. «Yangi boy» filmi o’ylaymizki, barcha yoshdagi kinoshinavandalari uchun birdek manzur bo’ladi. Eslatib o’tamiz, «Yangi boy» filmi 11 yanvardan e’tiboran «Alisher Navoiy» nomidagi kinosaroyida namoyish etiladi.

Yangi boy

Yangi boy

Yangi boy

Yangi boy

Yangi boy

Yangi boy

Yangi boy

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *