«Yangi boy» ertadan katta ekranda!
«Yangi boy» kinokartinasi katta ekranga chiqishga tayyor. «Sovplastital» homiyligi ostida, «Davr-S» studiyasi tomonidan taqdim etilayotgan mazkur kinokartina sizga manzur bo’ladi, degan umiddamiz! Zero, undagi bosh rollarni, Samandar va Murod Rajabov kabi san’atkorlar ijro etishgan.
«Yangi boy» filmi ertaga, ya’ni 10 yanvar kuni prem’era tariqasida namoyish etiladi. Qayerda deysizmi? Albatta yurtimizning eng ko’zga ko’ringan kinosaroyi Alisher Navoiyda. Film yumorga boy va tomoshabinni o’ziga jalb qila oladi. Buni siz albatta ertaga Alisher Navoiy kinosaroyiga tashrif buyurgan holda tomosha qilib, guvohiga aylanishingiz mumkin.