Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Avg, 2007

Yana «Zumrad va Qimmat» haqida!!!

Zumrad va Qimmat«Zumrad va Qimmat» prem’eraga sanoqli kunlar qoldi. Film muvaffaqiyat qozonadimi yoki yo’qmi? Kinoijodkorlar, kinotanqidchilar va ashaddiy kinotomoshabinlarni qiziqtirayotgan savol mana shu… Xo’sh, u o’zini oqlarmikin?

Savol murakkab, ammo yechimini topishi aniq. Bunga esa vaqt talab etiladi. Avval aytganimizdek, film o’zini oqlashini 70-80% tahmin qilsa bo’ladi. Biroq, bu hozircha faqatgina tahmin xolos. Bahrom Yoqubovning «Sarvinoz», «Baxt uchun million», «Fotima va Zuhra», «Romeo va Jul’etta» hamda «Sug’diyona» kabi filmlari o’zini oqlagan. Hatto, mo’maygina daromad ham keltirgan degan fikrlar bor. Mayli, nima bo’lganda ham yana ozgina sabr qilish lozim. Shunda aniq javobga ega bo’la olamiz. Haqiqiy kinoasarni albatta tomoshabin qadrlaydi!
«Zumrad va Qimmat» kinokartinasi 18 avgustdan boshlab Alisher Navoiy kinosaroyi, Kinochilar uyi, Turkiston saroyi hamda Tojmahal kinoteatrida soat 11:00, 13:00, 15:00, 17:00, 19:00 hamda 21:00da namoyish etiladi.

P/S: «Audio Time» loyihasida ushbu film uchun maxsus tayyorlangan Shahzoda ijrosidagi «Orzular» nomli saundtrekni tinglashingiz mumkin.

Zumrad va Qimmat


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 135 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *