Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Yana boshlandi» katta ekranlarda!!!
27 Sen, 2014

«Yana boshlandi» katta ekranlarda!!!

Yana boshlandi prem'eraKinorejissor Javlon Shodmonovning «Yana boshlandi» filmi prem’erasi bugun bo’lib o’tdi. Boshqa kinokartinalar prem’erasidan farqli ravishda Javlon Shodmonovning yangi filmi prem’erasi 3ta kinoteatrda bo’lib o’tdi. «G’uncha», «Kinochilar Uyi» hamda Alisher Navoiy kinosaroylarida.

Har uchchala kinoteatrda zal tomoshabinlar bilan to’ldi. Kinotomoshabinlar sog’ingan komediya va nihoyat ekran yuzini ko’rdi. Muhammadiso Abdulhayirov hamda Shukurullo Isroilov bosh rollarda namoyon bo’lgan «Yana boshlandi» kartinasi juda ham qiziqarli voqealar rivojini o’z ichiga olgan. Bir soat tufayli sodir bo’ladigan voqealar rivoji, kutilmagan va qiziqarli holatlarni yuzaga keltiradi. Siz kutgan yohud kutmagan kinokomediyani tomosha qilishni istasangiz, ertadan boshlab istagan kuningizda shahrimizda joylashgan istagan kinoteatringizda «Yana boshlandi» filmini tomosha qilishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 894 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *