Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Sen, 2006

Yana bir yangi film: "Suiqasd"

Taniqli kinokompaniyalardan biri bo’lmish «Sharq sinema» yana yangi filmni kinoixlosmandlar e’tiboriga tortiq etishga shaylanmoqda.

«Sharq sinema» kinokompaniyasi sizga o’zining «Sevinch», «Fotima va Zuhra», «Romeo va Jul’etta», «Yarim baxt» kabi filmlari orqali yaxshi tanish. «Sharq sinema»ning navbatdagi mahsuloti bu kinorejissor Zulfiqor Musoqov boshchiligida tasvirga tushirilgan «Suiqasd» filmidir. Mazkur kinokartinada siz shou-biznesning bir qator taniqli shaxslarini ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Jumladan, Nasiba Abdullaeva, Nozim Tolixo’jaev, Bobur Yo’ldoshev, Jasur Shametov, Sasha Visakovskiy va boshqalar.
Sasha Visakovskiy Rossiyaning taniqli aktyorlari sirasiga kiradi. Unga mazkur filmda ishtirok etish taklifi bildirilgandi avvaliga rad etgan edi. Biroq, film scenariysi bilan yaqindan tanishib chiqqach rozilik bildirgan. Rossiyaning taniqli aktyoriga yoqqan scenariy asosidagi film bizning oddiy tomoshabinlarga ham ma’qul kelsa ajabmas!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *