Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Xo’rlanganlar» o’tkir syujetli dramasi katta ekranda!!!
28 Sen, 2013

«Xo’rlanganlar» o’tkir syujetli dramasi katta ekranda!!!

Xo'rlanganlarSo’nggi vaqtlarda yangi filmlar kundan kunga oshsa oshmoqdaki, aslo kamaygani yo’q. Biroq bu filmlarning hammasi ham kishi qalbini zabt eta olmasligi mumkin. 28-sentyabr kuni «Kinochilar uyi» kinoteatrida yana bir yangi filmning taqdimoti bo’lib o’tdi.

Alisher Majidxo’jaev bosh prodyusserligi asosida suratga olingan o’tkir syujetli dramaning nomi «Xo’rlanganlar».
Filmda boylikka berilishning salbiy oqibatlari, sof muhabbat, vijdon ajobi va shu kabi g’oyalar ilgari surilgan. Bu filmdagi rollarni Suxrob Hasanov, Saida Saidbekova, Muhammadali Abduqunduzov, Muyassar Berdiqulova, Nargiza Rahimova, Barno Qodirova kabi aktyoru-aktrisalar mohirona tarzda ijro etib berishga harakat qilishgan. O’zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning «Erkak kishi» qo’shig’i filmda saundtrek sifatida foydalanilgan. Mazkur filmga tashrif buyurgan tomoshabin o’ziga tegishli xulosani olib ketishiga umid qilsak bo’ladi.
Kartina direktori va prodyuser Muhiddin Musaboev, operator Sanjar Shoto’laganov, bastakor Farruh Hamidov, dizayner Kamoliddin Zoirov.

Asr Media
Sharofiddin Togasharov tayyorladi.

Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 368 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *