Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Sen, 2006

"Xo’ja Nasriddin: O’yin boshlandi". Va nihoyat prem’era!

Eng ko’p kuttirilgan o’zbek filmi «Xo’ja Nasriddin: O’yin boshlandi» nihoyat ekran yuzini ko’rdi. Filmning yopiq taqdimotida ham filmni namoyishi cho’zilib ketdi.

Filmning yopiq taqdimotini tomosha qilish maqsadida soat 19:00ga «Premier Hall Cinema»ga yetib bordik. Film aslida 19:30da boshlanishi darkor edi. Biroq… Keling yaxshisi bir chetdan boshlaylik. Tashrif buyurishimiz bilan bizni e’tiborimizni eski davrni eslatuvchi kiyimlarni kiyib olgan bir qator shaxslar o’ziga qaratdi. Bu ham taqdimotning o’ziga hosligini anglatib tursa ajabmas. Bizga berilgan taklifnomani ham alohida ta’riflash darkor. Taklifnoma antiqa, eski davrdagi pul soladigan hamyonga solingan. Xullas, bularni bir chetga suraylikda filmni taqdimotiga tashrif buyurgan mashhur shaxslar ro’yhati bilan qisqagina tanishtirsak. Estrada yulduzlari Rayhon, Shohruh, Shahriyor, Sevara Nazarxon, Anora, Jahongir.uz, Davron Ergashev, Ozoda Nursaidova, Malika, Yagona, «Bojalar» guruhi, «Afruz» guruhi, Nasiba Abdullaeva, GooGoosha va boshqalar. Kino olamining ko’zga ko’ringan shaxslaridan Bahrom Yoqubov, Jahongir Qosimov, Obid Mahkamov(Alisher Navoiy kinosaroyi direktori), Gavhar Zokirova, Saida Rametova, Farruh Soipov va yana ko’plab boshqalar.
Ochig’ini aytganda, filmni ekran yuzini ko’rguniga qadar Scan Multini oramizda yo’qligiga haligacha ishonmay turganlar qandaydir «mo’jiza» ro’y berishini kutgandek tuyuldi. Biroq bu hol yuz bermadi. Filmning namoyishiga qadar bo’lgan sukutda Sevara Nazarxan o’rtaga tushib ozgina o’yinga tushib ham berdi. Filmda bosh rollaridan birini ijro etgan Iroda Nosirovaga so’z navbati berilganda Scanni yodga olib ko’ziga yosh ham keldi. Shunday holatda inson tildan qolar ekan. Axir tasavvur qiling, film rejissori taqdimatda ishtirok eta olmaydi, u oramizda yo’q!
Film namoyishi 21:00da boshlandi va barchaning nigohi ekranga qaratildi. Film juda ham ko’p maxsus effektlar asosida yaratilganini alohida e’tiborga olish darkor. Yumorga yo’g'irilgan bu maxsus effektlardan bahramand bo’lishni istasangiz filmni tomosha qilishingiz darkor.

Qolgan fotosuratlar ertaga!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *