Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
6 Mart, 2011

Xalq kutgan film: «Oling quda, bering quda»!

Oling quda, bering qudaAvval xabar berib o'tganimizdek, 4 mart kuni navbatdagi yangi o'zbek kinosi «Oling quda, bering quda»ning prem'erasi bo'lib o'tishi rajalashtirilgan edi. Biroq ayrim sabablarga ko'ra, mazkur prem'era 6 mart kuni bo'lib o'tdi. Prem'era kutilganidan ham a'lo darajada uyushtirildi. Bir so'z bilan aytganda Jahongir Ahmedovning ushbu kinosi «Yil filmi» laureatiga loyiq deb topilsa ham arziydi! Film haqida batafsil to'xtalib o'tadigan bo'lsak…

Filmda bosh rollarni «SB.uz 5 yoshda» gala konsertiga boshlovchilik qilishi kutilayotgan Alisher Uzoqov hamda Nigora Ismoilova ijro etishgan. Nigoraning filmdagi rolini judayam qoyil-maqom tarzda o'ynagani filmning fayziga fayz qo'shgan. Taniqli aktyor Murod Rajabov esa dramatik obrazini qoyilmaqom tarzda aynan «Oling quda, bering quda»da ijro etgan. Eng qizig'i, Oybek uylanganligi haqida sizga bergan xabarimiz ham mana shu kinoda o'z tasdig'ini topdi. Hullas, filmda xalq dardi o'z maromida yoritilgan. Ma'lumot o'rnida yana shuni aytish kerakki, mazkur film rejissori «SB.uz 5 yoshda!» gala konsertiga ham rejissorlik qiladi. Maslahatimiz: ming marta eshitgandan bir marta ko'ring, shunda siz ham filmga baho bering!

 

Oling quda, bering quda

Oling quda, bering quda

Oling quda, bering quda

Oling quda, bering quda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *