Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Vaxshiy» filmi ham katta ekranda!!!
12 May, 2016

«Vaxshiy» filmi ham katta ekranda!!!

Vaxshiy prem'eraKuni kecha Ozod Shams tomonidan suratga olingan «Ko’z yoshim 2″ filmi prem’erasi bo’lib o’tgan edi. Mana orada ko’p o’tmay, 11 may sanasida ham Ozod Shamsning yana bir yangi kinokartinasi «Vaxshiy» ham katta ekran yuzini ko’rdi. Kim vaxshiy, nimasi vaxshiy, qanaqa vaxshiy — degan ko’plab savollarga film prem’erasiga tashrif buyurganlar javob topishdi.

Bugungi kunda tinimsiz ishlayotgan kinorejissorlardan biri bu shubhasiz Ozod Shams hisoblanadi. U suratga olayotgan filmlari ham o’z tomoshabinini topmay qolmayapti. Har bir filmi saviyali, ma’noli va qiziqarli. Kecha prem’erasi bo’lib o’tgan «Vaxshiy» filmi ham tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. «Vaxshiy» filmida bosh rollarda Asal Shodieva, Shohida Ismoilova, Barno Qodirova, Hamid Toshpo’latov kabi elimiz suygan aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin. Film ssenariysi Feruza Fattohova hamda Saida Vahobovalar qalamiga mansub. Prodyuser Ruslan Mirzaev. Film operatori Anvar Adilov.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *