Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Sen, 2010

Ulug'bek Qodirov «Basketbolchi»???…

MajruhBugun Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida «Majruh» filmi premyerasi bo'lib o'tdi. Sharq Sinema tomonidan suratga olingan filmda betakror Shahzoda hamda Ulug'bek Qodirovlar tandemiga guvox bo'lishingiz mumkin.

Shaxzodaning kino sohasida ham yuqori cho'qqilarni zabt eta olishi ushbu filmda namoyon bo'ldi desak xato bo'lmaydi. Kartinada Ulug'bek Qodirov bir necha bora o'zining serqirraligini namoyon etgan. Bunga misol qilib basketbolist yigit ko'rinishdan, «mardikor» yigit ko'rinishiga o'tishiyu, hatto «Mashennik» tamg'asining berilishi tomoshabinni befarq qoldirmasa ajab emas. Film komedik-melodramma janrida ekanligi barcha tomoshabinga manzur bo'la oldi deb bemalol aytishimiz mumkin. Ayniqsa film boshidan o'rtasigacha bo'lgan jarayonlar deyarli film so'ngi qay tarzda tugashini aniqlab bergandek ko'rinadi. Lekin rejisser va ssenariy muallifining film so'ngini yaxshi yakun bilan tugata olgani tomoshabin qarsaklariga sabab bo'ldi. Albatta bunga amin bo'lishni istasangiz, u holda ertadan yurtimiz kinoteatrlariga tashrif buyurgan holda ushbu filmni bemalol tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 105 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *