Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Tungi mehmon» filmi katta ekranga chiqdi!!!
22 Avg, 2014

«Tungi mehmon» filmi katta ekranga chiqdi!!!

Tungi mehmon prem'eraO’zbek kino ijodkorlari tomonidan «Tungi mehmon» nomli yangi film suratga olinayotganligi haqida xabar bergan edik. Mana shu film bugun katta ekran yuzini ko’rdi. Postanovkachi rejissor va operator Tal’at Mansurov tomonidan suratga olingan makuz kartinani ertadan boshlab tomosha qilishingiz mumkin.

Bugun 2014-yil 22-avgust soat 17:00da Kinochilar uyida, 18:00da esa Alisher Navoiy kinosaroyida «Tungi mehmon» kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. Prem’eraga o’zbek estradasi va kino olamining bir qator yorqin vakillari tashrif buyurishdi. «Tungi mehmon» filmida bosh rollarni Sharof Muqimov, Saida Saidbekova, Sanjar Shodiev hamda Matyoqub Matchonovlar ijro etishgan. Qiziqarli tarzda suratga olingan mazkur filmni oilaviy bo’lib kinoteatrga tashrif buyurgan holda tomosha qilishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 822 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *