Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«To’qlikka sho’xlik 2» filmi katta ekranlarda!!!
2 May, 2015

«To’qlikka sho’xlik 2» filmi katta ekranlarda!!!

To'qlikka sho'xlik 2

Iste’dodli rejissor Dilshod Ahmedov o’zining navbatdagi kinokartinasini keng ommaga taqdim etdi. Dilshod Ahmedovning yangi filmi «To’qlikka sho’xlik» filmining davomi bo’lib, albatta «To’qlikka sho’xlik 2″ deb nomlanadi. Filmning Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tgan prem’erasida biz ham ishtirok etdik.

Dilshod Ahmedovning «To’qlikka sho’xlik 2″ kinokartinasida Sevara Solieva, Shahzoda Matchonova, Oydin Yusupova, Yoqub Ahmedov kabi o’zbek kinoasi aktyor va aktrisalari ajoyib rollarni talqin etishgan. Film prem’erasiga tashrif buyurib, biz biroz hayratga ham tushdik. Nega, deysizmi? Chunki, anchadan buyon Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tayotgan prem’eralar bu qadar to’lib toshgan tomoshabinlar bilan o’tmayotgan edi. Bu safar esa birorta ham bo’sh o’rindiq yo’q! Haqiqiy anshlag tarzida o’tdi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Bu holatni film rejissorining o’zi ham kutmagan bo’lsa, ajab emas! Umid qilamizki, filmning namoyishlari ham mana shu prem’eradagi kabi to’la tomoshabinlar bilan o’tadi!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 621 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *