Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Tomoshabinlarni yig’latgan «Seni o’zim boy qilaman» filmi…
26 Apr, 2016

Tomoshabinlarni yig’latgan «Seni o’zim boy qilaman» filmi…

Seni o'zim boy qilaman

Kecha, 25 aprel kuni Alisher Navoiy kinosaroyida rejissor Sanjar Shodiev tomonidan suratga olingan «Seni o’zim boy qilaman» kinokartinasining prem’erasi bo’lib o’tdi. San’atkorlarning hayoti haqida hikoya qiluvchi ushbu filmda bir xonandaning hayotida bo’lib o’tadigan voqealar ko’rsatib berilgan.

San’atkor ham odam, degan gapga urg’u berilgan. Ya’ni, film bosh qahramoni Davron Tolipov onasi shifoxonada og’ir ahvolda yotsa ham el xizmatida turib, qo’shiq kuylaydi. Onasining janozasi bo’lgan kun esa 4500 muxlis oldida konsert dasturini taqdim etadi. Mana bu yerda san’atkorning ichki kechinmasiyu, o’z kasbiga, muxlislarga bo’lgan hurmati, e’tibori namoyon etilgan. San’at cho’qqisiga chiqish naqadar yoqimli bo’lsa, shunchalik qiyinchiliklarga ham chidash kerak degani. Bugungi kundagi ba’zi yosh xonandalar san’atni faqat o’yin-kulgu, bayram-tantanalardan iborat deb tushunishadi. Bu film esa mana shunday fikrlaydiganlarning fikri noto’g'ri ekanligini ko’rsatib beradi. Rejissor Sanjar Shodiev tomonidan suratga olingan «Seni o’zim boy qilaman» kinokartinasida Abduvali Rajabov, Zarina Nizomiddinova, Ravshan Sobirov, Javohir Zokirov, Shohida Ismoilova, Adiz Rajabov, Ravshan Sobirov kabi elimiz suygan san’atkorlar rol ijro etishgan. Kinosaroyga tashrif buyurgan tomoshabinlarning aksari film so’ngida ko’zlarida yosh bilan kinoteatrni tark etishdi. Eng muhimi filmda dard bor. Mana shu dardni yetkazib bera olishgan. Bu film haqida biz yana ko’p ma’lumotlar berishimiz mumkin. Biroq, eng yaxshisi o’zingiz tushib tomosha qilganingizga nima yetsin.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *