Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Tilim qursin 2» filmi suratga olinmoqda!!!
25 Yan, 2015

«Tilim qursin 2» filmi suratga olinmoqda!!!

Tilim qursin 2Taniqli kinorejissor Jahongir Ahmedov ayni kunlarda yangi kinokartinasini suratga olish ishlarini olib bormoqda. Ayni kunlarda tasvirga olish ishlari ketayotgan film sizga juda ham yaxshi tanish va sevimli bo’lgan «Tilim qursin» kartinasining davomi hisoblanadi.

Jahongir Ahmedovning «Tilim qursin 2″ kinokartinasi qo’shimcha nom bilan e’tiboringizga taqdim etiladigan bo’lib, u «Tilim qursin 2. Endi hamma gapiradi!» deb nomlanadi. Yodingizda bo’lsa, filmning birinchi qismida bosh qahramon obrazini talqin etgan Matyoqub Matchonov yerto’ladan olib chiqqan sehrli choy, uni ichgan har bir insonni faqat rost so’zlashga majbur qilar edi. Ana endi esa mazkur choyni ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, uni iste’mol qilgan barcha insonlar o’zi istamagan holatda hamma haqiqatlarni so’zlab ketadi. Film haqida juda ham ko’p so’zlashimiz mumkin. Biroq, agar barcha sirlarni oshkor etadigan bo’lsak, qizig’i qolmaydi. Shu sababdan, hozircha sizlarga film haqida batafsil so’zlamaslikka qaror qildik. Eng yaxshisi uni bir bora tomosha qilib, o’zingiz baho berishingiz mumkin bo’ladi. Bugun biz ijodiy jamoamiz bilan suratga olish maydoniga tashrif buyurdik va maxsus fotosuratlarga tushirilb, sizlarga taqdim etishga shaymiz. Filmda bosh rollarda Matyoqub Matchonov hamda Asqar Hikmatovlarni ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, kinokartinada siz tanigan va bilgan juda ko’p aktyor-aktrisalar, taniqli shaxslar ham namoyon bo’lishadi. Portalimizni kuzatib boring va biz sizlarga mazkur film haqida ma’lumot yetkazishda davom etamiz.

Quyida siz azizlar uchun filmni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 275 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *