Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Tilim qursin 2» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!
8 May, 2015

«Tilim qursin 2» filmi prem’erasi bo’lib o’tdi!!!

Tilimqursin2premera01

Bugun taniqli kinorejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan «Tilim qursin 2″ kinokartinasi prem’erasi bo’lib o’tdi. Bir emas, ikki kinoteatrda bo’lib o’tgan mazkur kinoprem’eralarning har ikkisida SB.uz portali ijodiy jamoasi ishtirok etishdi.

Biroq, kinoprem’eradan fotoreportajimiz faqatgina Kinochilar Uyidan taqdim etilishiga to’g'ri kelmoqda. Chunki, ba’zi texnik nosozliklar tufayli Alisher Navoiy kinosaroyida tushirilgan fotosuratlar va prem’eradan so’ng film ijodkorlari ishtirokidagi ziyofat chog’ida muhrlangan fotosuratlarning barchasi o’chib ketgan. Texnik nosozliklar uchun uzr so’ragan holda Kinochilar Uyida tushirilgan fotosuratlarni e’tiboringizga tortiq etamiz.
«Tilim qursin 2″ filmi haqida juda ham ko’p iliq fikrlar bildirishimiz mumkin. Bu filmni albatta hech bo’lmasa bir bora tomosha qilishingiz zarur. Zero, mazza qilib t0mosha qilishga arzigulik film bo’lgan. Kinorejissor Jahongir Ahmedov mazkur kartinasi orqali tomoshabinlarni ham kuldira oldi, ham bizning hayotimizda yolg’onning o’rni haqida ham so’zlay oldi. Barchani haqiqatni so’zlashga majbur qilgan bu filmda ba’zan yolg’on ham ishlatish foyda berishi mumkinligini ta’kidlab o’tadi. Tasavvur qiling, hamma faqat rost so’zlasa?! Tasavvur qilishning o’zi mushkul, shunday emasmi? Juda ham kulguli holat yuz beradi. «Tilim qursin» filmining 2-qismida aynan shu holat yuz beradi. Hamma gapiradi, haqiqatni!!!

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi

davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 573 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *