Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunlarda «Yurak yig’lar» filmi!!!
13 Fev, 2014

Tez kunlarda «Yurak yig’lar» filmi!!!

Yurak yig'lar«Yurak yig’lar»… Bir guruh kinoijodkorlar tomonidan yangi film suratga tushirildi va ushbu film aynan shunday nom oldi. Tez kunlarda katta ekran yuzini ko’rishi kutilayotgan «Yurak yig’lar» filmida ayni damda montaj va dublyaj ishlarining yakuniy qismi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur kartinada siz «Benom» guruhi yigitlari Sarvar va Komil hamda Zarina Nizomiddinovani bosh rollarda ko’rishingiz mumkin. «Yurak yig’lar» filmida sevgi uchburchagi yongan muhabbat namoyon bo’ladi. Film rejissori Akrom Shohnazarov, prodyuser Mirshod Rajabov, ssenariy g’oyasi esa Sarvar Azimovga tegishli. «Yurak yig’lar» kinokartinasida Sarvar Ali obrazida, Komil esa Behruz obrazida gavdalanadilar. Aslida film prodyuseri filmda Sarvar va Komil o’z ismlarida chiqishini so’ragan edi, biroq rejissor va «Benom» guruhi yigitlari kelishgan holda bosh qahramonlarni Ali hamda Behruz deb nomlanishiga kelishib olishgan. Filmni tomosha qilar ekansiz, unda G’urur va Muhabbat qarama-qarshiligiga guvoh bo’lasiz, taqdir zarbalariga duch kelgan sevgi qissasini ko’rishingiz mumkin.
Film uchun maxsus saundtrek ham kuylangan bo’lib, taronani «Benom» guruhi yigitlari hamda ularning shogirdi Parviz birgalikda ijro etishgan. Mazkur qo’shiqni quyida sizning hukmingizga havola qilmoqdamiz.

Benom va Parviz -Yurak yig'lar (336)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 2 250 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. ozbek kinolariga bak kizikiman….

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *