Tez kunda «Yolg’on dunyo» filmi katta ekranlarda!!!
Bugun biz sizlarga yangi suratga olingan kinokartinalardan biri haqida ma’lumot yetkazmoqchimiz. Bir guruh o’zbek kinoijodkorlari yangi film suratga olishdi. Ushbu film «Yolg’on dunyo» deb nomlangan bo’lib, unda bosh rollarni estrada vakillari Kaniza hamda Otabek Mutalxo’jaev ijro etishgan.
O’tkir syujetli drama janrida suratga olingan «Yolg’on dunyo» nomli yangi kinokartina dekabr oyida kinotomoshabinlar hukmiga havola etilishi rejalashtirilgan. Keling biz sizlarni film ijodkorlari bilan yaqindan tanishtirib o’tsak. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissor Ravshan Usmonov, postanovkachi operator Bahrom Berdiev, postanovkachi rassom Rustam Musaev, rejissor Komoliddin Yusupov, g’oya muallifi Shavkat Komilov, bosh prodyuser Sanobar Usmonova, badiy rahbar Avaz Tojixonov. Filmda Yulduz Usmonova ijrosidagi «Dunyo» nomli qo’shig’i saundtrek tarzida jarang sochadi. Rollarda Otabek Mutalxo’jaev, Kaniza, Saida Saidbekova, Tesha Mo’minov, Mirza Azizov, Muyyassar Berdiqulova, Botir Muhammadjonov, Xojiakbar Komilov, Ravshan Usmonov hamda Tolib Mo’minov kabi aktyor va aktrisalar namoyon bo’lishadi.