Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Tez kunda yangi serial: «Fitna»!!!
6 Mart, 2017

Tez kunda yangi serial: «Fitna»!!!

FitnaBir guruh o’zbek kinoijodkorlari ayni damda yana bir yangi milliy serialni suratga olish ishlari bilan band. Yaqindagina «MY5″ telekanali orqali namoyish etilgan «Vijdon azobi» ko’p qismli filmi ijodkorlari endilikda «Fitna» deb nomlangan seriali ustida ish olib borishmoqda.

Rejissor Dilshod Ahmedov boshchiligidagi ahil va quvnoq ijodiy guruh mana bir necha kundirki «Fitna» teleserialini tasvirga tushirish bilan ovoralar. Film voqeasi haqida ma’lumotlarni bilishga qanchalik urunmasak ham, ijodiy jamoa bu haqida ortiqcha to’xtalib o’tishmadi. Filmdagi bosh rollarda Feruza Normatova, Akmal Nazarov, Mirolim Qilichev, Lola Primqulova va yana boshqa ko’plab iste’dod egalarini ko’rishingiz mumkin. Biz bila olgan ma’lumotimiz shuki, Feruza Normatova ushbu serialda salbiy qahramon obrazini talqin qilmoqda va aynan u orqali oila ichida bir fitna qo’zg’aladi. 10dan ortiq syujet yo’nalishiga ega bo’lgan mazkur serialni tez orada yurtimiz telekanallarining biri orqali tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *