Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Apr, 2010

Tez kunda yangi kinokomediya — «Qaroqchilar»!

Qaroqchilar«Qaroqchilar» filmi komediya janrida suratga olingan bo'lib, boshqa o'zbek filmlaridan tubdan farq qiladi. Syujet tuzilishi, janr va boshqa ko'p jihatlari bilan tomoshabinni o'ziga jalb qiladi. Film rejessori Xasan G'ofurov, scenariy muallifi: Ravshan Norboevdir. «Qaroqchilar»da bosh rollarni Jamshid Abduazimov, Doniyor Nosirov, Dilorom Mirzaevalar ijro etishgan. Film syujeti haqida qisqacha ma'lumotga ega bo'lishni xohlasangiz maqolani davomini o'qing.

Filmda ikki qadrdon do'stlar Ravshan va O'tkirning orzulari hayotning kutilmagan qirralari tomon boshlab ketadi. O'zga insonlarning mehnatini bir pul qilib yurgan qaroqchi, ya'ni plagiatorlikni o'ziga kasb qilib yurgan bu do'stlar o'z xatolarini kech bo'lganda anlab yetishadi. Lekin, bu ular uchun katta maktab vazifasini o'taydi va kamchiliklarini, xatolarini to'g'irlay boshlashadi. Ushbu film hozirda yoshlarimiz ichida ko'p uchrayotgan qorabozor, ya'ni disk savdo-sotuvi bilan noqonuniy shug'ullanayotgan o'smir bolalarning kamchiligini ekranda ko'rsatish va ularning ongini to'g'irlashga qaratilgan. Eslatib o'tamiz, «Qaroqchilar» kartinasining prem'erasi 23-may sanasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Filmni suratga olgan «Fox-cinema» studiyasiga va mazkur filmga oid batafsil ma'lumotlarni «COOL» — dizayn studiyasi tomonidan tayyorlangan www.foxcinema.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Qaroqchilar

Qaroqchilar filmiga ishlangan treylerni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 282 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *