Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda yangi film — «Yolg’on»!!!
5 Sen, 2014

Tez kunda yangi film — «Yolg’on»!!!

Yolg'onO’zbek kinoijodkorlari tomonidan ketma-ket taqdim etilayotgan har bir film o’z tomoshabinini topib bormoqda. Bugun biz sizlarga yana bir yangi film suratga olinganligi va ushbu film haqidagi ma’lumotlar haqida xabar berishga qaror qildik. «Yolg’on» deb nomlangan ushbu film tez kunlarda ekran yuzini ko’radi.

Salbiy obrazlar orqali siz-u, bizga yaxshi tanish bo’lgan aktrisa Yorqinoy G’ozieva endilikda nafaqat aktrisalik bilan, balki filmlarga prodyuserlik qilish bilan ham shug’ullanmoqda. «Black Cat Art Media» nomi bilan Yorqinoy o’zining kinostudiyasini tashkil qildi. Tez kunlarda taqdim etiladigan «Yolg’on» filmi ham aynan mana shu studiya tomonidan ekran yuzini ko’radi. Ushbu film «Black Cat Art Media» studiyasining ilk kinomahsuloti hisoblanadi.
«Yolg’on» kinokartinasi ijodiy guruhi bilan sizlarni tanishtirib o’tsak: film rejissori va ssenariy muallifi Fahriddin Abdusattorov, operator Diyor Adashev,  postanovkachi rassom Dilshod Nurddinov, bastakor Farruh Sobirov. Bosh rollarda Sharof Sharopov va Sarvinoz Osmanovalar namoyon bo’ladilar. Shuningdek, filmda Ravshan Jo’raev, Malika Otajonova, Aida Yunusova, Feruza Sobitova, Otabek Mahkamov, Sherzod Pormatov va boshqalar bir qator rollarni talqin etishgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 651 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *