Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda yangi film — «Kechir farzandim»!!!
6 Iyul, 2014

Tez kunda yangi film — «Kechir farzandim»!!!

Kechir farzandimO’zbek kinoijodkorlari tomonidan ketma-ket suratga olinayotgan kinokartinalar o’z tomoshabinini topmoqda. Har bir filmda biror bir kamchilik bo’lishi tabiiy, biroq muhimi kinoijodkorlarning intilishlari tobora o’sib borayotganligidadir. Bugun biz sizlarga yana bir guruh yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan yangi film haqida so’zlaymiz.

Bugun ma’lumot beradigan yangi filmimiz «Kechir farzandim» deb nomlanadi. Yosh rejissor Murod Inog’omov tomonidan suratga olingan ushbu kartina, uning debyut filmi hisoblanadi. U bilan birgalikda ikkinchi rejissorlik vazifasida Xusan Abdullaev, prodyuser Shohruh Nig’matov, operator Dilmurod Turdiboev, grim ustasi Malika Mahmudova, liboslar bo’yicha dizayner Umida Irmatova, ssenarist Ahror Nurmuhammad, rassom Sardor Toshmurodov, kartina direktori Sayfiddin Ikromov, dublyaj rejissori Matyoqub Orziev, bastakor Farruh Hamidov, montaj ustasi Qudratilla Dadajonov kabi ijodkorlar ish olib borishdi. Qiziqarli kinokartinaning bosh axborot ko’magi sifatida biz sizlarga film haqidagi barcha ma’lumotlarni tez-tez yetkazib turishga harakat qilamiz. Hozircha esa qolgan ma’lumotlarni keyinroqqa olib qo’ygan holda, e’tiboringizni filmni suratga olish jarayonidan bir qator eksklyuziv fotosuratlarga qaratamiz. Portalimizni kuzatib boring va siz filmga oid barcha ma’lumotlardan voqif bo’lib borasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 876 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *