Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Apr, 2012

Tez kunda «Salom sevgi, Hayr sevgi»!

Salom sevgi Hayr sevgiYosh bo'lishiga qaramay shu kunga qadar ko'plab kassabop va ommabop kinofilmlarni suratga tushirgan taniqli kinorejissor Akbar Bekturdievdan navbatdagi muhabbat asari, yo'g'e aniqrog'i melodramasi! Zarina Nizomiddinova, Adiz Rajabov, Asal Shodieva kabi bugungi kunning eng mashhur aktyor va aktrisalari aynan mana shu filmda birgalikda suratga tushishgan.

Kuchli dramaturg Mansur Abduxoliqov tomonidan yozilgan ushbu filmda sezganingizdek muhabbat mavzusiga murjaat etilgan. Biroq, bu odatdagidek o'ldim-kuydim filmimi yoki birorta boshqacha yondashuvmi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Agarda biz kinorejissor Akbar Bekturdievning ijodiy tarixiga nazar tashlasak, uning har bir filmida qandaydir boshqa filmlardan farq qiladigan jihatlari ajralib turadi. Buning siri esa Akbarni har bir ishga jiddiy yondashuvida bo'lsa ajab emas. Xullas, mazkur filmga ham tayyorgarlik uzoq muddat davom etgan bo'lib, hozirda film tayyor holatga keltirilgan. 14 apreldan esa filmning keng namoyishi boshlanadi. Ushbu filmning bosh axborot ko'magi vazifasi aynan bizning zimmamizga yuklatilgan ekan, biz film haqida juda ham tez-tez ma'lumotlar berib turishga harakat qilamiz. Hozircha esa filmdan bir qator fotosuratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

 

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi

Salom sevgi Hayr sevgi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 420 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *