Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Tez kunda MY5da yangi serial: «Do’konda»!!!
18 Iyul, 2016

Tez kunda MY5da yangi serial: «Do’konda»!!!

Do'kondaAyni kunlarda bir guruh kinochilar yangi teleserial suratga olish ishlari bilan bandlar. Badiiy rahbar Feruza Nodirova boshchiligidagi mazkur kinochilar jamoasi «Do’konda» deb nomlangan sitkom janridagi yumorishtik teleserialni tasvirga tushirmoqdalar.

«Do’konda» teleseriali rejissori Rustam Meliev hisoblanadi. Film prodyuseri esa Ruslan Mirzaev. Avgust oyining oxiri, sentyabr oyining boshlarida TV yuzini ko’rishi rejalashtirilgan mazkur serialda siz juda ham ko’plab mashhur kino va estrada yulduzlarini ko’rishingiz mumkin. Bosh rollarda esa Sanjar Shodiev, Muqaddas Sa’dullaeva, Otabek Mutalxo’jaev, Muqaddas Sa’dullaeva, Jamila G’ofurova va boshqalarni ko’rishingiz mumkin. Filmning suratga olish ishlari «Samarqand Darvoza» savdo markazida joylashgan «Home Market» do’konida bo’lib o’tmoqda. Bugun biz sizlarga mazkur serialning suratga olish jarayonida tushirilgan ba’zi fotolavhalarni taqdim etmoqchimiz. Marhamat, tomosha qiling!!!

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 981 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *