Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Tez kunda: «Imkon» — Oilaviy drama!
25 May, 2013

Tez kunda: «Imkon» — Oilaviy drama!

ImkonO’zbek kinoijodkorlari so’nggi 1 oy ichida yana faollashib qolishdi. Bir muddat yangi filmlar katta ekranlarga chiqmaganligidan xabaringiz bor. Mana endi ahamiyat bergan bo’lsangiz, ketma-ket prem’eralar bo’lib o’tmoqda. Mana yana yangi film «Imkon» tez kunlarda katta ekran yuzini ko’radi.

«Imkon» filmida o’zbek kinosining bir qator taniqli aktyorlari ishtirok etishgan. Mazkur filmda Shahzoda Matchonova, Adiz Rajabov, Matyoqub Matchonov, Barno Qodirova, Nargiza Salmonova, Muyassar Berdiqulova, Baxtiyor Qosimov kabi iste’dodli aktyorlar ansambli jamlangan. Bir ma’lumotni aytib o’tishimiz mumkin, ushbu kinokartina Shahzoda Matchonova ishtirokidagi 2013 yilda ekran yuzini ko’rayotgan ilk kinokartina hisoblanadi. Oilaviy drama janrida suratga olingan mazkur kartina yosh kinorejissor Dilshod Ahmedovning debyut filmi hisoblanadi. Film «Obod turmush yili»ga bag’ishlanadi. Film operatori SB.uz portalining 2013 yilda taqdim etilgan madhiyasi uchun ishlangan klipi operatori Izzat Lutfullaev hisoblanadi. Mazkur film uchun musiqiy bezak Doniyor Agzamov tomonidan bajarilgan. Ana endi esa filmni suratga olish jarayonida tushirilgan ajoyib fotolavhalarni eksklyuziv ravishda sizlarga havola qilamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 746 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *