Tez kunda: «Fotima va Zuhra 2»!!!
«O Maryam, Maryam» hamda «Fotima va Zuhra» kinokartinalari ijodkorlari yana bir yangi drama janridagi film suratga oldilar. Bu film o’z vaqtida yaxshigina shuhrat qozona olgan «Fotima va Zuhra» filmining davomi hisoblanadi. Qiziqarli filmning navbatdagi qismi ham sizlarga manzur bo’ladi, degan umiddamiz.
«Fotima va Zuhra 2″ filmi qachon katta ekranlarga chiqadi, degan savol barchani birdek qiziqtirishi tabiiy. Bu savolga hozircha tez kunda, degan javobni bera olamiz xolos. Biroq, filmda kimlar suratga tushganligi haqida ma’lumotlarni sizlarga yetkazishimiz mumkin. Demak, «Fotima va Zuhra 2″ filmida siz Zarina Nizomiddinova, Umid Iskandarov, Tohir Saidov, Otabek Mahkamov hamda Boburshoh Maniyazov kabi aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin. Portalimizni kuzatib boring va film haqida yanada ko’proq ma’lumotlardan sizni boxabar etishga harakat qilamiz.
salom