Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Tez kunda Dilshod Ahmedovdan «Seni sevdim» filmi!!!
8 Okt, 2015

Tez kunda Dilshod Ahmedovdan «Seni sevdim» filmi!!!

Seni sevdim

Ayni kunlarda kinorejissor Dilshod Ahmedov o’zining navbatdagi kinokartinasini suratga olish ishlarini olib bormoqda. «Seni sevdim» deb nomlangan yangi kartinada do’stlik, muhabbat va oilaviy rishtalar ko’rsatiladi. Mazkur kartinada siz sevgan mashhur aktyorlar bilan bir qatorda yosh aktyorlarni ham ko’rishingiz mumkin.

Dilshod Ahmedovning «Seni sevdim» kartinasi Malayziya hamda O’zbekistonda suratga olinmoqda. Filmda aktyorlardan Elyor Nosirov, Mirzabek Holmedov, To’xtamurod Azizov, Muqaddas Berdiqulova, Oydin Yusupova, Dilshod Mirzamurodov va boshqalarni ko’rishingiz mumkin. Bosh rollarda yosh aktyor va aktrisa Temur Safariy hamda Lola Primqulova namoyon bo’lishadi. «Seni sevdim» kartinasi ssenariy muallifi ham rejissor Dilshod Ahmedovning o’zi hisoblanadi. Film operatori Elmurod Yo’ldoshev, rassom Muhammadali Rahimov.

Quyida siz azizlar uchun filmni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 648 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *