Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
3 Apr, 2016

Tez kunda Ayub Shahobiddinovdan «Artist» seriali!!!

Artist trailer

Kuni kecha, ya’ni 1 aprel kuni «Yoshlar Ijodiyot Uyi»da kinorejissor Ayub Shahobiddinovning yangi suratga olingan «Artist» nomli teleserialiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Mazkur anjumanda serial ijodkorlari ishtirok etib, yangi teleserialning ilk tanishtiruv treylerini tashrif buyurganlarga namoyish qilishdi.

Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan mazkur yoshlarbop «Artist» deb nomlangan serial O’zbekistonda ilk bor sitkom yo’nalishida suratga olingan ko’p qismli film hisoblanadi. Bu serialning ilk sezoni 12 qismdan iborat bo’lib, har bir qism tahminan 20-25 daqiqa davom etadi. Mazkur serialda siz yoshlarning sevimli aktyor va aktrisalarini ko’rishingiz mumkin. Yulduz Rajabova, Nargiza Salmonova, Akbarxo’ja Rasulov, Bahora Arslonova, Doniyor Havizov, Umarjon Jumaev kabi yoshlardan tarkib topgan aktyorlarni «Artist» serialida bosh rollarda ko’rishingiz mumkin. Shuningdek filmda Karim Mirxodiev, Adiz Rajabov, Asal Shodieva, Murod Rajabov kabi elimiz suygan yulduzli aktyorlarni ham ko’rishingiz mumkin. Serial uchun maxsus saundtrek ham yozilgan bo’lib, ushbu saundtrek taronani yoshlarning sevimli xonandasi Shohruhxon ijro etgan. Anjuman davomida kinorejissor Ayub Shahobiddinov berilgan savollarning barchasiga javob berib o’tdi. Agarda serialning ilk fasli tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinsa, u bir necha yillar davomida suratga olinishi rejada bor ekanligi ma’lum qilindi. «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati va «Anor films» studiyasi bilan hamkorlikda suratga olingan mazkur serialni siz yaqin orada «MY5″ telekanalida tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi. Darvoqe, serial ssenariysi muallifi ham o’z ishining mohir ustasi Yolqin To’ychiev ekanligini alohida aytib o’tish o’rinli. Tez kunlarda mazkur serialga bag’ishlangan yana bir matbuot anjumani o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, bu safar anjumanda serial bosh qahramonlarini ijro etgan aktyor va aktrisalar ham ishtirok etishlarini ta’kidlab o’tishdi.

Quyida siz azizlar uchun matbuot anjumani davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, serialning ilk treylerini ham quyidagi yo’llanma orqali ko’chirib olishingiz mumkin.

Artist treyler (0)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *