Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Telefon» kinokartinasi katta ekranlarga chiqdi!
19 Noy, 2015

«Telefon» kinokartinasi katta ekranlarga chiqdi!

Telefon prem'eraBir guruh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan yangi «Telefon» nomli filmning prem’erasi kuni kecha, ya’ni 18 noyabr kuni bo’lib o’tdi. Alisher Navoiy kinosaroyi bo’lib o’tgan mazkur prem’eradan SB.uz portali maxsus fotoreportaj tayyorladi.

«Telefon» kinokartinasi bugun kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lmish telefon mavzusi bilan bog’liq. Film rejissori va ssenariy muallifi Qobil Karimberdiev hisoblanadi, postanovkachi operator Javlon Majidov, postanovkachi rassom Dilshod Nuriddinov, prodyuser Shavkat Rizaev, kartina direktori Sherzod Rizaev. Ko’rib turganingizdek, film ijodiy guruhi asosan yoshlardan tashkil topgan. Yosh ijodkorlar tomonidan suratga olingan mazkur kinofilmda siz Timur Israfilov, Muqaddas Sa’dullaeva, To’xtamurod Azizov kabi aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin.
«Telefon» filmini tomosha qilishni istasangiz, yurtimiz kinoteatrlariga tashrif buyuring. Bugundan e’tiboran mazkur film katta ekranlarda namoyish etilmoqda.

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz fotosuratchi Muhammad Ziyo tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 15 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *