Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Dek, 2007

«Telba» suratga olinmoqda!

Telba«Sharq sinema» kinostudiyasi tomonidan yana yangi kinokartina suratga olinmoqda. «Sevinch» kartinasini eslaysizmi? Menimcha, ko’pchilik juda ham sog’inib eslaydi, bu filmni. Aynan mana shu film ijodkorlari yana bir yangi kinokartinaga qo’l urishdi. Film nomi «Telba»!!! Xo’sh, u «Sevinch» kartinasi natijasini yana takrorlay oladimi?

Bu savolga oldindan javob berish mushkul. Ammo, film ijodkorlari aynan shu ishni amalga oshirish uchun imkon qadar izlanishmoqda. «Telba» filmida kimlar ishtirok etadi, degan savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin. Yosh xonanda Indi mazkur filmdagi bosh qahramon obrazini talqin etish uchun juda ham qiyin kechgan kastingdan o’ta oldi. Shuningdek filmda Ulug’bek Qodirov, Dilnoza Kubaeva, Ubaydulla Omon, Ra’no Yarasheva, Rixsitilla Abdullaev va boshqalar bosh rollarni talqin etishmoqda. Film rejissori Ayub Shahobiddinov, scenariy muallifi Yolqin To’ychiev, prodyuser Avaz Tojixonov. O’ylaymizki, bu film ham «Sevinch» filmi singari ommabop bo’ladi. Tragedik-melodrama janrida suratga olinayotgan mazkur kartina fevral oyi boshlariga mo’ljallanmoqda.

Telba

Telba

Telba

Telba

Telba

Telba

Telba

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 138 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *