Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Fev, 2008

«Telba» filmi prem’erasi!!!

TelbaO’zbek kinomatografiyasida deyarli har hafta birin-ketin yangidan-yangi kinofilmlar tomoshabinlar hukmiga havola etilmoqda. Har bir yangi chiqayotgan film tomoshabinlar ko’nglida o’zgacha joy olib, haqiqiy film nomiga sazovor bo’lishga erishmoqda, desak xato bo’lmasa kerak. Bugun esa sizga bir necha soat avval prem’erasi bo’lib o’tgan «Telba» filmi haqida so’z yuritsak.

«O’zbekkino» Milliy Agentligi hamda «Sharq sinema» kinokompaniyasi hamkorligida rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga tushirilgan ushbu film prem’erasi ajoyib tarzda o’tdi deb bemalol ayta olamiz. Prem’eraga tomoshabinlar hamda o’zbek kinosi va shou-biznesi vakillari birinma-ketinlik ila kirib kelishdi. Odatga ko’ra film namoyishi avvalida sahnaga film ijodkorlari taklif etildi va ular birma-bir tanishtirildi. So’ngra film namoyishi boshlandi. To’g'risini aytganda filmda bosh rollarni ijro etgan Ulug’bek Qodirov hamda Dilnoza Kubaevalar filmda ajoyib juftlik tarzida chiqishgan. Ularning filmdagi har bir hatti-harakati e’tiborsiz qolmaydi. Xullas, ming bora eshitgandan, bir bora ko’rgan afzal. Ha aytgancha, film namoyishi ertadan, ya’ni 14 fevraldan poytaxtimiz kinoteatrlarida boshlanadi.

Telba

Telba

Telba

Telba

Telba

Telba

Telba

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 99 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *