Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Yan, 2010

«Taqdir o'yini» «Hijron»ga aylandiyu Nosirovni o'ylantirdi

HijronAvvalgi yangiliklarimizda taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov Sharq Sinema bilan hamkorlikda «Taqdir o'yini» nomli kartinasi ustida ish olib borayotgani haqida to'xtalib o'tgan edik. Kartina haqida batafsil ma'lumot olish uchun Yodgor Nosirovga murojat qildik.

Yodgor Nosirov kartina ishchi nomi «Taqdir o'yini» o'zgarganligi va endi u «Hijron» nomi ostida muxlislar hukmiga havola qilinishini aytib o'tdilar. Nomi o'zgargani ma'lum bo'lgach, film uchun maxsus kompozitor Shuxrat Zokirov ijodiga mansub musiqaga Shaxzod guruxi solisti Rashid Xoliqov tomonidan soundtrek kuylanayotgani esa filmga bo'lgan qiziqishni yanada oshirsa ajab emas. Shu kunlarda Yodgor Nosirov film montajini yakunlab, ovoz berish ishlarini boshlab, filmni yanada yaxshi chiqishi uchun bosh qotirmoqda. Taxminlarga ko'ra film fevral oyi boshida muxlislar hukmiga havola etilishi kutilmoqda.

Yana bir yangilik sifatida esa film uchun ishlangan qaynoq treylerni sizga taqdim etamiz.

Treylerni ko'chirib olish


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *