Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Fev, 2012

Tamara Shokirova olamdan o'tdi!

Tamara ShokirovaO'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Tamara Shokirova bugun olamdan o'tdi. Bu ayanchli xabarni yozishni qanchalik istamayotgan bo'lsakda bu achchiq haqiqat! Xushovoz xonanda, yoshlarning sevimli yulduzi Rayhon o'z onasidan ayrilib qoldi…

Og'ir kasallik sababli bu yorug' dunyoni erta tark etgan Tamara Shokirova bundan bir necha kun avval shu kasalligi tufayli shahar shifoxonalaridan biriga yotqizilgan edi. Biroq, shifokorlar harchand urunishmasin, bari befoyda bo'ldi. Rayhon esa onasi shifoxonada betob bo'lib yotgan bo'lsada, o'z yakkaxon konsert dasturini katta iroda bilan o'tkazishga o'zida kuch topa oldi. Bunday jasoratni manaman degan xonanda ham eplashi mushkul vazifa edi. Muxlislar talabiga binoan 22 fevral kuni ham Rayhonning konsert dasturi bo'lib o'tishi lozim edi. Biroq, Tamara Shokirovaning ahvollari og'irlashganligi sababli Rayhon mana shu qo'shilgan konsert dasturi kunini bekor qilishga majbur bo'ldi. Muxlislar bu holatni to'g'ri tushunadilar, degan umiddamiz.

Biz SB.uz portali ijodiy jamoasi nomidan, qolaversa Rayhonning hamda Tamara Shokirovaning barcha muxlislari nomidan Rayhonga va uning singlisiga hamdardlik bildiramiz.

Tamara Shokirova


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 189 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *