Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Noy, 2009

Taklifnomani qo’lga kirit!

Bu antiqa, antiqa filmBirinchi o’zbek parodiya janrida suratga olingan rejissor Oskar Baxteevning «Bu antiqa, antiqa film» kartinasining prem’era kunlari va nihoyat aniq bo’ldi. Kartinaning katta taqdimotida bevosita ishtirok etishni xohlaysizmi? U holda quyidagi so’rovnomada ishtirok eting va g’olib bo’ling!

«Bu antiqa, antiqa film» kartinasi avval boshdan o’zining originalligi bilan tomoshabinlarning e’tiboriga tushib ulgurdi. Va nihoyat filmning taqdimot kunlari ham aniq bo’ldi. Demak, joriy yilning 26 noyabr kuni poytaxtimizda joylashgan «Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy»da «Bu antiqa, antiqa film»ning katta taqdimoti o’tkaziladi. Ushbu taqdimotda bevosita ishtirok etish uchun 2 kishilik taklifnomani qo’lga kirit. Buning uchun quyidagi savollarga birinchi va aniq javoblarni yo’llashingiz kifoya. Javoblaringizni yo’llayotganingizda, o’zingiz haqingizdagi qisqa ma’lumot va telefon raqamingizni ham yozib yuborishni unutmang!

1. «Studio.Uz» studiyasi tomonidan suratga olingan «Bu antiqa, antiqa film»ning suratga olish ishlari qancha muddat davomida olib borilgan?

2. «Bu antiqa, antiqa film»ning ovoz rejissorlari va musiqiy prodyusseri kim?

3. «Bu antiqa, antiqa film»da bosh qahramon qiz obrazini qaysi aktrisa talqin qilgan?

Bu antiqa, antiqa film

P.S.: O’z javoblaringizni durbeks@mail.ru elektron manziliga yuborishingiz so’raladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *