Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Dek, 2008

«Super kelinchak» Rossiyada namoyish etiladi!

Super kelinchakO’zbek kinoindustriyasi ham asta-sekinlik bilan rivojlanib borayapti. Bunga misol qilib, «Super kelinchak» badiiy filmini ko’rsatishimiz mumkin. Mazkur kartina nafaqat o’zbek kinotomoshabinlariga, balki rossiyalik ijodkorlarga ham ma’qul keldi. Rossiyalik tomoshabinlargachi?… Bu savolga hozircha javob yo’q! Ammo, tez orada javobini bilib olamiz…Kinorejissor Bahrom Yoqubovning «Super kelinchak» badiiy filmi Rossiyaning taniqli telekanallaridan biri bo’lmish «Kultura» telekanalida namoyish etilish uchun qabul qilindi. Ma’lumotlarga qaraganda o’zbek filmlari ichida aynan mana shu film telekanal ijodkorlariga ma’qul kelgan va faqatgina shu filmni o’zlari rus tiliga tarjima qildirib, Rossiyada namoyish etish uchun olib ketdilar. Ayni damda «Futurist» studiyasi xodimlari Rossiyaga telekanal ijodkorlari bilan birgalikda borib, qachon namoyish etilishi haqidagi muzokaralarni hal qilishmoqda. Nima bo’lganda ham bu o’zbek kinosining yutuqlaridan biridir!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 195 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *