«Sumalak.uz» filmiga xonandalar uchun kasting!
SB.uz portalidan bir qator loyihalarni qarshi olganingiz sir emas. Ya'ni, portalimiz qo'shiqlari, klipi, konsert dasturi, sumalak bazmi va ko'plab loyihalar. Endi esa navbat katta kinoga!!! «Sumalak.uz» deb nom olgan yangi yumoristik-myuzikl, buning tasdig'i bo'ladi, degan umiddamiz. Mazkur film uchun hozir xonanda va aktyorlar uchun kasting e'lon qilinadi!
«Fortuna Cinema» kinostudiyasi hamda SB.uz portali tomonidan suratga olinishi rejalashtirilayotgan film aynan «Sumalak.uz» deb nomlangan bo'lib, unda asosan estrada xonandalari ishtirok etishlari ko'zda tutilgan. Musiqiy kinokomediya nima haqida bo'lishini hozircha bayon etmaymiz. Ammo, u nasib etsa, kutilgandanda a'lo darajada chiqishiga umid qilamiz. Filmda ishtirok etishni istovchi estrada va kino vakillarini har kuni soat 8:00dan 20:00ga qadar (+99897) 3446344, (+99897) 3434644, (+99871) 2444851, (+99893) 5044313 raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari so'raladi.