Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Okt, 2006

"Sug’diyona" montaj jarayonida!

«Sarvinoz», «Baxt uchun million», «Fotima va Zuhra», «Romeo va Jul’etta» kabi kinoasarlar ijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan «Sug’diyona» kinokartinasi montaj jarayonida.

Mana xash-pash deguncha filmni suratga olish ishlari yakunlanib, montaj ishlari ham boshlab yuborildi. Yilning eng yaxshi filmi bo’lishi kutilayotgan «Sug’diyona» haqida doimiy ma’lumot berishda davom etamiz. Filmda siz MDH davlatlarida ham yulduzlik shoh-supasini egallayotgan Sogdiana ijrosidagi 4ta taronani tinglashingiz mumkin bo’ladi. Ulardan ikkitasi o’zbek, yana ikkitasi rus tilida ijro etilgan. Chunki film bir vaqtning o’zida ikki tilda yaratilmoqda. Qo’shiqlarning o’zbek tilidagisi «Meni esla» hamda «Orzular» bo’lsa, rus tilidagisi «Veter dognat» hamda »Eto ne son». Bu qo’shiqlar prem’erasi albatta «Smile» on-line radiosida bo’lib o’tadi. Shuning uchun radioni diqqat bilan tinglashni tavsiya etamiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *