Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Noy, 2006

"Sug’diyona"… kecha prem’era bo’ldi!

O’zbek kinosining eng ko’zga ko’ringan kinorejissorlaridan biri Bahrom Yoqubovning navbatdagi filmi «Sug’diyona» va nihoyat katta ekranga chiqdi. Film ekranga chiqishidan avval biz o’z muxlislarimiz bilan prem’eraga 2 kishilik chiptani yutib olish uchun viktorini o’yini o’tkazgan edik. Aniq javoblar juda ham ko’p yo’llandi va g’olib prem’eraga 2 kishilik chiptani qo’lga kiritdi. Eng birinchi javob yo’llagan Alisher Ikromov ismli foydalanuvchimiz g’olib bo’ldi.

Film prem’erasiga kutilgandanda ko’proq tomoshabin tashrif buyurdi. Deyarli, barcha tashrif buyurganlar yurtimizning eng taniqli insonlari-yu, ijodkorlar. Film hammada katta taasurot qoldirganini film namoyishidan so’ng anglash qiyin emasdi. Film yakunlangan tahminan yarim soat tomoshabinlar ijodkorlarni tabriklash bilan ovora bo’lishdi. Sogdianani atrofida esa dastxat olish ilnjidagi odamlarni-yu, suratga tushishga oshiqayotgan yigit va qizlarni ko’rish mumkin. Aynan filmni o’ziga to’xtaladigan bo’lsak, film aynan bugungi hayotdan olinganli va goh insonni o’ylantirib, goh yig’latishi, har bir tomoshabinni o’ziga torta olishi eng asosiy yutug’i deyish mumkin. Bu filmni yozib ifodalash mushkul. Shuning uchun bir bor tomosha qilishni tavsiya etamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *