Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Okt, 2006

"Sug’diyona" dublyajda!!!

Biz portalimiz muxlislariga «Sug’diyona» badiiy filmi haqida doimiy ravishda ma’lumotlar berib turishni va’da qilgan edik. Mana va’daga muvofiq holda film haqidagi so’nggi ma’lumotlarni sizga yetkazmoqdamiz…

Bahrom Yoqubov suratga olayotgan mazkur film bu yilning eng hit filmi bo’lishi kutilmoqda. Filmning homaki lavhalaridan ko’rib shuni aytish mumkinki, darhaqiqat mazkur kinoasar kutishga arzigulik film bo’lmoqda. Kinotomoshabin kinozalga qanday kayfiyatda kirishi noma’lum-ku, lekin tushkun kayfiyatda chiqishi aniq… Nega deysizmi? Bu filmni yomon ekanligidan dalolat emas. Balki, film triller janrida suratga olinayotganligi sabablidir. Film lavhalari shu darajada tabiiy ko’rsatib berilganki, tomoshabin o’sha holatda hatto o’zini tasavvur qiladi. Aynan o’sha holatga tushib qoladi. Film mazmun-mohiyati nima haqida ekanligini hozircha oshkor etmaymiz. Biroq, filmni bir bor ko’rgan inson kamida yana ikki marotaba «Sug’diyona» filmini ko’rishga oshiqishi turgan gap.
Bahrom Yoqubov filmda bosh rollarni ijro etgan Sogdiana hamda Farruh Soipov haiqda shunday deydi: «Bilasizmi, men avvaliga Sogdiana bilan ishlashga qiynalsam kerak, degan fikrda edim. Ammo, suratga olish jarayonida shunga amin bo’ldimki, Sogdiana juda ham mahoratli xonanda bo’lishdan tashqari, ajoyib aktrisa ham ekan. Sogdiana o’z rolini men kutgandanda a’lo darajada ijro etib berdi. Farruhga kelsak, u iste’dodli aktyor. Uning ijrosidan faqatgina rohatlanish mumkin. Ko’pchilik uni komik rollarni ijro etgani uchun jiddiy rolni talqin eta olmasa kerak deb hisoblagan edi. Lekin, u jiddiy rollarni ham yaxshi ijro eta olishiniz isbotlab berdi. Qisqa qilib aytganda men bu ikki ijodkorning ijrosidan mamnunman»
Film ayni damda dublyaj jarayonida!!! Kinokartina haqidagi yangi ma’lumotlarni kuting! Tez kunda, faqat bizda!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 114 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *