Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 May, 2011

«So'nggi qo'ng'iroq»qa oz qoldi!

So'nggi qo'ngiroq«Fond Forum» hamda «Zamin Film» kinostudiyasi taqdim etadi: «So'nggi qo'ng'iroq». Alisher Uzoqov hamda Nigora Ismoilovalarning birgalikda suratga tushgan navbatdagi kinokartinasi aynan shunday nom oldi.

«So'nggi qo'ng'iroq» badiiy filmi bu yilgi bitiruvchilar uchun haqiqiy sovg'a bo'lishi kutilmoqda. Komediya janrida suratga olingan ushbu filmda siz shuningdek, Muhamadiso Abdulhayirov, Lola Eltoeva, Davron Zaynuddinov, Sherzod Bin, Asqar Hikmatov va boshqa mahoratli san'atkorlarni ko'rishingiz mumkin. Demak, film ijodkorlari bilan ham tanishib olamiz: film rejissori Jahongir Ahmedov, operator Iqbol Meliqo'ziev, prodyuser Ma'mur Nigmanov. «So'nggi qo'ng'iroq» filmi 21 maydan e'tiboran Kinochilar Uyi hamda «G'uncha» kinoteatrlarida namoyish etila boshlaydi. Film prem'erasi esa 20 may kuni yuqorida nomlari keltirilgan ushbu kinoteatrlarda bo'lib o'tadi. Yana bir qo'shimcha ma'lumot tarzida film uchun maxsus saundtrek kuylanganligi va uni iste'dodli xonanda Shohruhxon ijro etganligini ma'lum qilishimiz mumkin. Ushbu saundtrek uchun ishlangan klipni yaqin kunlarda saytimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi.

So'nggi qo'ngiroq

So'nggi qo'ngiroq


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *