Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«So’nggi nafasimgacha» filmi katta ekranlarda!!!
26 Iyul, 2014

«So’nggi nafasimgacha» filmi katta ekranlarda!!!

So'nggi nafasimgacha prem'eraO’zining bir qator kinokartinalari bilan kinotomoshabinlar e’tiborini torta olgan rejissor Sohib Abbosxon 25-iyul sanasida o’zining navbatdagi filmini keng ommaga taqdim etdi. «So’nggi nafasimgacha» deb nomlangan yangi kinokartina haqida biz avval ham xabar bergan edik. Mana bugun mazkur film prem’erasidan reportajni taqdim etmoqdamiz.

Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tgan film prem’erasiga juda ko’plab tomoshabinlar, estrada va kino olami ijodkorlari tashrif buyurishdi. Taniqli shaxslar orasida Oybek va Nigora, Umidaxon, Farruh Ahmedov, Shohruhxon kabi ijodkorlarni ko’rishingiz mumkin edi. «So’nggi nafasimgacha» filmida bosh rollarda Asal Shodieva, Behzod Muhammadkarimov hamda Dilniyoz G’afforov suratga tushganligini yana bir bor eslatib o’tamiz. Mazkur filmni tomosha qilish uchun endilikda bemalol shahrimiz kinoteatrlariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 426 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *