Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Soddagina qiz» prem’erasidan fotoreportaj
2 May, 2013

«Soddagina qiz» prem’erasidan fotoreportaj

Soddagina qiz prem'eraBugun 2013 yil 2 may soat 18:00da «Kinochilar Uyi» odamlar bilan liq to’ldi. Buning sababi esa yosh rejissor Jonrid Sagdievning navbatdagi filmi — «Soddagina qiz» kartinasining prem’erasi bo’lib o’tganidir. Prem’erani taqdim etish uchun film ijodkorlari birin ketin kinosaroyga tashrif buyurishdi.

Zarina Nizomiddinova, Abdushukur Abdurahmonov, Jonrid Sagdiev, Otabek Mahkamov, Sug’diyona Azimova, Shuhrat Nuraliev va shu kabi ko’plab film ijodkorlarini film prem’erasida ko’rishingiz mumkin edi. Film taqdimotini Mr. Jocker olib bordi. Kartina haqida so’zlaydigan bo’lsak, qiziqarli voqelikni o’z ichiga olgan romantik komediya. Eng qisqa ta’rif menimcha mana shunday bo’ladi. Filmda shaxsan menga Zarina Nizomiddinova hamda Muhammad Iso Abdulhayirovlarning rollari juda manzur bo’ldi. Bu ikki aktyor o’zlariga qo’yilgan vazifani a’lo darajada uddalay olishgan deb hisoblayman. Qolgan aktyor va aktrisalarning ijrolari ham albatta tahsinga loyiq. «Zamin Film» kinostudiyasi tomonidan taqdim etilayotgan mazkur filmni ertadan boshlab shahrimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin. Prem’era jarayonida suratga olingan fotosuratlar «Real Time» studiyasi tomonidan SB.uz portali uchun maxsus suratga tushirilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 911 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *