Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Modern Mebel
Bo'limlar menyusi
Shuhrat Nuralievning «Oltin tom»i…
30 Iyul, 2015

Shuhrat Nuralievning «Oltin tom»i…

Oltin tom

Ajoyib aktyor va rejissor Shuhrat Nuraliev ayni kunlarda o’zining navbatdagi kinokartinasini suratga tushirmoqda. Filmning nomi antiqa — «Oltin tom»!!! Qiziq, filmda voqealar oltin tomda sodir bo’larmikin?

Shuhrat Nuralievning «Oltin tom» filmida suratga tushayotgan aktyorlar ansambliga nazar tashlab, kartinaning qiziqarli chiqishini tahmin qilish qiyin emas. Muhammadiso Abdulhayirov, Zuhra Solieva kabi o’zbek kinosining bugungi kundagi eng mashhur komik aktyorlari «Oltin tom» filmida ajoyib obrazlarda namoyon bo’ladilar. Filmning bosh operatori esa Jonrid Sagdiev. Portalimizni kuzatib boring va Shuhrat Nuraliev tomonidan suratga olinayotgan «Oltin tom» kinokartinasi haqida ma’lumotlardan xabardor bo’ling!!!

Quyida siz azizlar uchun filmni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *