Shahzoda Matchonova ilk bora salbiy qahramon obrazida!
Bir qator o'zbek filmlaridagi ijobiy obrazlari bilan yaxshigina muxlislarga ega bo'lgan aktrisa Shahzoda Matchonova, hozirgi kunda yangi filmda suratga tushmoqda. U ushbu filmda ilk bora salbiy qahramon obrazida namoyon bo'ladi…
Hozirda Shahzoda Matchonovani bir savol qiynamoqda. Ya'ni, u ijrosidagi salbiy qahramon obrazini muxlislar va umuman tomoshabin qanday qabul qilar ekan? Shahzoda yangi film haqidagi boshqa ma'lumotlarni hozircha taqdim qilmadi. Tez orada bu haqida ham ma'lum qilamiz.