Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Mart, 2010

Shahnoz Abdullaeva turmushga chiqdimi?

So'zsiz sevgiYangilikda keltirilgan fotosurat barchada bir xil savol tug'ilishiga sabab bo'ladi. Shahnoz Abdullaeva turmushga chiqdimi? Bu savolga javob topishingiz mumkin, faqatgina mazkur yangilikni batafsil o'qigan holda.

Yangilikda keltirilgan fotosurat aslida «So'zsiz sevgi» nomli yangi filmdan olingan lavha hisoblanadi. Shahnoz Abdullaeva mazkur filmda ilk bora bosh rolni ijro etishi. Shahnozning qahramoni mehrga muhtoj, onasidan erta ajralgan qiz. Filmda Elyor Nosirov, Hoshim Arslonov, Doktor D, «Eski shahar» guruhi xonandasi Baxtiyor va boshqalar suratga tushishgan. Tez kunda film «O'zbekiston» teleradiokanali orqali namoyish etiladi. Shahnoz Abdullaevani bu filmga rejissor Akrom Isoqov va xonandaning prodyuseri hamda jurnalist Shoira Raufboeva taklif qilgan. Scenariyni o'qib chiqqanda Shahnozning ko'ziga yosh kelganligini ham yashirib o'tirmadi va shu zahoti filmda rol ijro etishga rozilik bildirgan. Yosh xonanda film uchun ikkita qo'shiq kuylagan. Ulardan biri «Hayr jonim» deb nomlangan bo'lsa, ikkinchisi «So'zsiz sevgi» deb nom olgan. Yaqin kunlarda ushbu qo'shiqlar TV va radio kanallari orqali taqdim etiladi. Darvoqe, Shahnoz ayni damda Hindistonning Bombey shahrida! Qiziq u yerda Shahnoz nima bilan band? Bu savolga keyinroq javob olamiz.

So'zsiz sevgi

So'zsiz sevgi

So'zsiz sevgi

So'zsiz sevgi

So'zsiz sevgi

So'zsiz sevgi

So'zsiz sevgi

So'zsiz sevgi


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 156 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *