Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Sevadi sevmaydi» filmi katta ekranlarda!!!
10 Yan, 2017

«Sevadi sevmaydi» filmi katta ekranlarda!!!

Sevadi sevmaydi prem'eraBir necha kun avval saytimiz orqali rejissor Ozod Shamsning yana bir yangi kinokomediyasi katta ekran yuzini ko’rishi haqida xabar bergan edik. Mana o’sha kunlar ham yetib keldi. Bugun, 10-yanvar sanasida Alisher Navoiy nomli kinoteatrda «Sevadi sevmaydi» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi.

Kinoteatr tomoshabinlar bilan to’lib toshdi. So’nggi paytlarda taqdimotlarda aktyorlar ansamblini barchasi jam bo’layotganini deyarli kuzatmay qo’ygan edik. Bugun esa filmda rol ijro etgan, filmni suratga olishda yelib-yugurgan deyarli barcha aktyorlar-u, ijodkorlar katta sahnani to’ldirib turishdi. Bevosita film haqida so’zlaydigan bo’lsak, bir so’z bilan aytganda ko’rishga arizgulik kino! Kinokartina o’z ichiga ham komediyani, ham melodramani, ham dramani qamrab olgan desak, mubolag’a bo’lmasa kerak. Bularning uddasidan chiqqan rejissor Ozod Shamsga esa tasanno!!! Film prodyuseri Ruslan Mirzaev ham kartina ekran yuzini ko’rguniga qadar tinmay yugurdi. Ha shu o’rinda film ssenariy mualliflari Feruza Fattohova hamda Saida Vahobova ekanligini ham aytib o’tish joiz. «Sevadi sevmaydi» filmini omadli chiqishida yana bir insonning xizmati katta — bu Sitora Alimjonova!!! Filmdan-filmga Sitoraning aktyorlik qobiliyatlari ochilib bormoqda. Bu filmda uni mutlaqo kutilmagan holatlarda ham ko’rishingiz mumkin.
Aziz tomoshabin, agarda sizda ham mazkur kartinani tomosha qilish niyati tug’ilgan bo’lsa, ertaga 11-yanvardan hech ikkilanmasdan kinoteart sari shahdam qadam tashlab borishingiz mumkin!!!

Quyida siz azizlar uchun suratga film prem’erasi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *