Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Sensiz hayot zerikarli» — kutilgan darajadagi film!!!
29 Avg, 2014

«Sensiz hayot zerikarli» — kutilgan darajadagi film!!!

Sensiz hayot zerikarli prem'eraKecha siz azizlarga «Sensiz hayot zerikarli» filmi prem’erasi oldidan bir qator ma’lumotlar bergan edik. Film haqida haqiqiy fikrimizni ertaga prem’eradan so’ng aytishimizni ma’lum qilgan edik. Mana bugun 29-avgust kuni soat 18:00da Alisher Navoiy kinosaroyida film prem’erasi bo’lib o’tdi.

«Sensiz hayot zerikarli» — Alisher Uzoqov, Asal Shodieva hamda Behzod Muhammadkarimov film bosh rol ijrochilari. Bu uchchala aktyorni ham juda yaxshi taniymiz, juda ham yaxshi bilamiz. Har biri o’z o’rniga ega. Film prem’erasiga tashrif buyurmagan yulduzlar juda kam topilar edi. Deyarli, barcha kino olami yulduzlari ushbu film prem’erasida tomoshabin sifatida ishtirok etdilar. Ular orasidan bizning nigohimiz tushganlarini sanab o’tsak, Adiz Rajabov, Sitora Farmonova, Shahzoda Muhammedova, Sherzod Bin, Akbarxo’ja Rasulov, Muqaddas Sa’dullaeva, Ra’no Yarasheva, Halima, Yulduz Rajabova, Shahzoda Matchonova, Dineyra, Dilshod Kattabekov, Otabek Mahkamov, Lola Ahmedova, Sug’diyona Azimova va boshqalar. Film prem’erasini yaqindagina nikoh to’yi bo’lib o’tgan taniqli radioboshlovchi Ibrohim Ahmedova ochib berdi.
Ana endi bevosita film haqidagi fikrimizga to’xtalsak. «Sensiz hayot zerikarli» — film nomini o’zi qiziqarli. Har bir kinokartina eng avvalo nomi bilan kinotomoshabin e’tiborini jalb qila olishi kerak. Agar filmga yaxshi nom tanlay olinsa, u film tomoshabinlarni jalb qilishi nisbatan oson kechadi. «Sensiz hayot zerikarli» filmi ijodkorlari buni uddasidan chiqa olishgan. Film nomini eshitishingiz bilan bir qator savollar tug’iladi. So’ngra istasangiz-istamasangiz ushbu filmni tomosha qilib, o’zingizda tug’ilgan savollarga javob olishni istaysiz. Ikkinchidan kartinada dramaturgiya kuchli! Film ssenariysi mukammal va juda qiziqarli yozilgan. Balki orasida qandaydir sezilar va sezilmas kamchiliklar bordir. Shaxsan men payqamadim. Film o’zining umumiy g’oyasi bilan tomoshabin diqqatini jalb etib tura oladi. Bosh qahramonning hayoti kutilmaganda mutlaqo o’zgarib ketishi va mana shu o’zgargan hayot o’sha qahramon yashayotgan hayotidan muhimroq ahamiyatga ega ekanligini anglab yetishi chiroyli ko’rsatib berilgan. Kinoni tomosha qila turib, voqealar kutilmaganda boshqacha tus olishini tushunmay qolishingiz mumkin. Biroq, yakunda uning yechimi sizni ham hayratga soladi, ham qiziqtirib qo’yadi. Alisher Uzoqov uzoq muddat filmlarda ko’rinmayotgan edi. Qani endi chiqib, u nimani qoyillatar ekan, deganlar ham balki bo’lgandir. Alisher yana o’z so’zini aytdi, ayta oldi!!! U uzoq vaqt filmlarda namoyon bo’lmasada, o’z qobiliyatini qay darajada ekanligini yana bir bor isbotladi. Haqiqiy aktyorlik mahoratini namoyish etgan Alisher Uzoqovga tasannolar aytish lozim. Ushbu rol uchun Alisherga tashakkur aytish o’rinli. Zero, kinotomoshabin mana shunday qiziqarli va mazmunli filmlarni sog’ingan edi. «Sensiz hayot zerikarli» filmida tomoshabinni e’tiborini yana bir narsa tortdi. Filmning operatorlik ishi!!! Kinokartinani tomosha qilar ekansiz, unda Gollivud filmlari havosini his etasiz. Bunga sabab esa, operatorlik vazifasi yuqori darajada bajarilganligidir. Film operatori Izzat Lutfullaevga ham mana shunday kinoasarga qo’shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Ishonamizki, mana shu film boshqa kinoijodkorlarga ham o’rnak bo’lgan holda, bundanda yuqori saviyali filmlarni suratga olishga harakat qiladilar va buni uddasidan chiqadilar. So’ngra qarab turibmizki, o’zbek kinosi ham faqat va faqat yuqoriga ko’tarilib boradi. Agar filmni ortiqcha maqtab yuborgan bo’lsam uzr. Men faqat asli haqiqatni yozdim. Ko’rganim va bilganimni! Biz bu filmning hech qanday bir rasmiy axborot ko’magi ham emasmiz, bu meni shaxsiy fikrim edi xolos.

Quyida siz azizlar uchun prem’era jarayonida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 1 191 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *