Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Seni deb» filmi ham katta ekranlarni ko’rdi!!!
28 Dek, 2015

«Seni deb» filmi ham katta ekranlarni ko’rdi!!!

Seni deb prem'era

Bugun Kinochilar Uyida yana bir yangi film prem’erasi bo’lib o’tdi. So’nggi paytlarda mazkur kinosaroyga tomoshabinlar kam kelayotgan edilar. Ammo, mana ketma-ket bo’lib o’tgan so’nggi ikki film prem’erasida ham zal tomoshabinlar bilan to’lib toshdi. Bugun debyutant rejissor Obod Madrahimov tomonidan suratga olingan «Seni deb» nomli film prem’erasi bo’lib o’tdi.

«Seni deb» nomli mazkur kinokartinada bosh rollarda Muqaddas Sa’dullaeva, Tal’at Yo’ldoshev, Ulug’bek Akbarov, Gulchehra Sa’dullaevalarni ko’rishingiz mumkin. Rejissor Obod Madrahimov tomonidan suratga olingan mazkur kinokartinada albatta ba’zi kamchiliklar ham kuzatiladi, lekin debyutant rejissor filmi bo’lganligi uchun bu kamchiliklarga ko’z yumsa ham bo’ladi. Eng muhimi bu yerda ijod qilingan, film suratga olingan. Kelgusi filmlarda albatta bu rejissor o’z xatolari ustida ishlab, yanada qiziqarli filmlarni suratga olib, keng ommaga taqdim etadi, degan umiddamiz. Ertadan yurtimiz kinoteatrlarida namoyishi boshlanadigan mazkur filmni tomosha qilishga barcha yurtdoshlarimizni taklif qilib qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun prem’era davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek kinosi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *